Tramp Harrisni saylov tashabbusini o‘g‘irlaganlikda aybladi

Jahon 20:23 / 11.08.2024 3150

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp vitse-prezident Kamala Harrisni o‘z siyosiy tashabbuslarini, xususan, xizmatlar sohasidagi choychaqa uchun soliq to‘lovini bekor qilish g‘oyasini o‘g‘irlashda aybladi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

«O‘zining «asal oyi» yakuniga yetayotgan va so‘rovlarda jiddiy yutqazishni boshlagan Kamala Harris mening «soliqsiz choychaqa» siyosatimdan nusxa oldi. Farqi shundaki, u buni amalga oshirmaydi, bu unga faqat siyosiy maqsadlarda kerak. Bu Trampning g‘oyasi edi, uning o‘ziga xos g‘oyalari yo‘q, u ularni faqat mendan o‘g‘irlashi mumkin», deb yozdi u.

10 avgust kuni Nevada shtatining Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda Harris eng kam ish haqini oshirish, xizmatlar va mehmonxona xodimlarining choychaqasiga soliqlarni bekor qilishga va’da berdi.

Ikki oy oldin, 9 iyun kuni Tramp Las-Vegasdagi miting chog‘ida Nevada shahrining ko‘ngilochar industriyasi ishchilarining asosiy daromad manbai bo‘lmish choychaqa uchun soliqlarni bekor qilishga va’da bergan edi.

O‘sha oyda Tramp Janubiy Filadelfiyadagi restoranga bordi va 500 dollar choychaqa bilan «yo‘qolsin choychaqa soliqlari» degan yozuvni qoldirdi.

AQSh prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Tramp va Harris kurash olib borishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: