Xitoy elektromobillar uchun bojlar tufayli YeI ustidan JSTga shikoyat qildi

Jahon 09:38 / 10.08.2024 2928

Xitoy XXRda ishlab chiqarilgan elektromobillarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishga qo‘shimcha bojlar joriy etish to‘g‘risidagi Yevrokomissiya qarori ustidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) rasman shikoyat qildi, deb xabar qildi Xitoy savdo vazirligi 9 avgust, juma kuni Pekinda. Bryusselning qarori JST qoidalariga zid keladi va «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda global hamkorlikka» putur yetkazadi, deya ta’kidlanadi Xitoy savdo vazirligi bayonotida.

Idora Yevropa Komissiyasini «zudlik bilan o‘zining noto‘g‘ri amaliyotini tuzatishga» hamda «Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo-siyosiy hamkorlik barqarorligini, shuningdek, elektromobillar uchun sanoat va logistika zanjirlarini birgalikda saqlashga» chaqirdi.

Qo‘shimcha bojxona to‘lovlari

Iyul oyi boshida Yevropa Ittifoqi Xitoydan olib kelingan elektromobillar uchun vaqtincha qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini joriy qildi. Bryusselga ko‘ra, u Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun hukumat subsidiyalariga shu tarzda javob bergan, bu esa tartibga soluvchi organ ta’kidlaganidek, Xitoy va Yevropa ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi adolatli raqobatga putur yetkazadi.

Qo‘shimcha bojlar bo‘yicha yakuniy qaror noyabr oyida qabul qilinishi kerak. Ungacha YeI Xitoy bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida. Germaniya hukumati va nemis avtomobil sanoati muzokaralar stolida yechim topilishiga umid qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: