Suriya sharqidagi Dayr az-Zor viloyatida Bashar Asad rejimi armiyasi safida jang qilayotgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar tomonidan uyushtirilgan hujumda 11 nafar tinch aholi, jumladan olti nafar bola halok bo‘ldi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dayr-az-Zor viloyatining Muxsan tumanida joylashgan eronparast guruhlar Firot daryosi sharqidagi Dele qishlog‘iga hujum qilgan.
Hujum natijasida 11 nafar tinch aholi, jumladan, 6 nafar bola, 4 nafar ayol halok bo‘ldi, 5 nafar tinch aholi vakillari yaralandi.
Suriyada Firot daryosining g‘arbida joylashgan Eron qo‘llab-quvvatlagan guruhlar bilan daryo sharqini ishg‘ol qilgan KIP/YPG vakillari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.