Moskva viloyatida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

O‘zbekiston 13:21 / 10.08.2024 19950

8 avgust kuni O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo‘lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.

Tashrif davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlar Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlari ma’lum bo‘ldi.

9 avgust kuni ushbu fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: