Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, prezidentlar bir qator hujjatlarni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Imzolangan hujjatlar:
- Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qo‘shma bayonoti;
- «Markaziy Osiyo – 2040» mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi;
- Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarori.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:
- 2025-2027 yillarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
- Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvi doirasida rasmiy delegatsiya a’zolari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:
- Markaziy Osiyo davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Markaziy Osiyo davlatlari energetika vazirlari birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha kommyunike;
- Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlarining ikkinchi uchrashuvining Ostona kommyunikesi.