Nigeriyada Lassa bezgagi qurbonlari soni 163 kishiga yetdi

Jahon 14:57 / 09.08.2024 1509

Nigeriyada Lassa bezgagi qurbonlari soni 163 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limga olib keladigan kasallik Nigeriyaning 34 shtati, jumladan, poytaxt Abujada ham tarqalgan.

Nigeriya hukumati kasallikni davolash uchun 3 ta dori aniqlanganini bildirdi.

O‘tgan yili Nigeriyada 1227 ta holatda Lassa bezgagi aniqlangan, ulardan 219 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Lassa bezgagi birinchi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida aniqlangan.

Lassa bezgagi tufayli Nigeriya hukumati o‘tgan yilning fevral oyida favqulodda holat e’lon qilgan edi. 

Lassa bezgagi kalamush va sichqonlardan yuqadi. Ushbu xavfli kasallik odamdan odamga yuqishi va o‘limga olib kelishi mumkin. 

Mamlakat hukumati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, gigiyena qoidalariga rioya qilishga va kemiruvchilarga yaqinlashmaslikka chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: