Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish sa’y-harakatlarini muhokama qildi.
Telefon muloqoti chog‘ida Misr rahbari mintaqaviy keskinlikni pasaytirish maqsadida mamlakatning barcha mojaro tomonlari bilan aloqalari haqida gapirdi va Qohira mintaqani keng qamrovli urushga olib keladigan, natijalari noaniq bo‘lgan yangi mojarolar oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi.
G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish uchun jadal harakatlarni davom ettirayotganini ta’kidlagan as-Sisi, Falastin eksklavida davom etayotgan urush mintaqadagi mavjud taranglikning asosiy sababi ekanini aytdi.
Misr va Fransiya prezidentlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Prezident ma’muriyati, shuningdek, as-Sisining Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.
Suhbatdoshlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkoniyatlari, shuningdek, Misrning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildilar.