Braziliyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Jahon 23:32 / 09.08.2024 11407

Braziliyaning San-Paulu shtatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi Globo.

Qayd qilinishicha, turboparrakli ATR 72 samolyoti Voepass Linhas Aéreas aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, ichki reysni amalga oshirgan.

Samolyot aholi yashash punktiga qulab tushgan. Uning bortida 58 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. BNO News ularning barchasi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: