Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” tarqatila boshlandi. Bolalarga nimalar beriladi?
Yangi o‘quv yilidan maktablarga chiqishi kutilayotgan 700 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilariga 12 nomdagi o‘quv qurollari beriladi. Sovg‘alar 10 avgustgacha hududlarga, 20 avgustgacha esa barcha umumta’lim maktablariga yetkaziladi. Kun.uz jarayon qanday kechishini kuzatdi.

Bu yil O‘zbekistondagi maktablarga 719 366 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. 6 avgustdan boshlab ular uchun kerakli birlamchi o‘quv qurollari “Prezident sovg‘asi” sifatida tarqatila boshlandi.
12 ta predmetdan iborat to‘plamdan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim, o‘chirg‘ich joy olgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’minot va logistika xizmati tomonidan beriladigan sovg‘alar 10 avgustgacha hududiy boshqarmalarga, 20 avgustgacha esa barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i Erkin Murodovning aytishicha, o‘quv qurollarini tayyorlashda ularning sifatiga alohida e’tibor qaratilgan.
“Buning uchun ota-onalar, mutaxassislar, maktab o‘quvchilarining fikrlarini o‘rgandik. Har bir o‘quv quroli uchun muvofiqlik sertifikati, sanitar-normalarga javob berish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Yana bir muhim jihati shundaki, biz o‘quv qurollarini tayyorlashimizda har bir bolaga yetarli miqdorda o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash uchun 1-sinfga qabul qilinadigan har bir farzandlarimizni maxsus elektron platformaga nomma-nom kiritganmiz. Bu hech bir bolaga o‘quv qurollari yetmasdan qolmasin degan muammoning oldini olishga qaratilgan.
Bu yildan boshlab bir xil rangdagi o‘quv qurollari tayyorlangan. O‘tgan yillarda o‘g‘il va qiz bolalarga alohida-alohida ranglar bo‘lgan, lekin amaliyotdagi nomuvofiqlik tufayli o‘g‘il bolalar uchun boshqa rangdagi, qiz bolalarga boshqa rangdagi portfellar berilgan. Shuning oldini olish uchun bu yildan bir xil qilinyapti”, – deydi u.
Qayd etilishicha, “prezident sovg‘asi” nafaqat davlat umumta’lim maktablari, balki vazirlik-idoralar tasarrufidagi boshqa maktablar va nodavlat umumta’lim muassasalariga ham yetkazib beriladi.
Bugungi kunda davlat maktablariga 590 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilingan, lekin reja bo‘yicha ularning soni 719 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
“Prezident sovg‘asi”ning dastlabki partiyasi Chilonzor tumanida joylashgan 126-maktabga olib borildi. Maktab direktori Muyassar Bahromovaning aytishicha, yangi o‘quv yilidan mazkur maktabga 175 nafar 1-sinf o‘quvchilari chiqishi kutilmoqda. Hozirgi kungacha 145 nafari qabul qilingan. Shunga muvofiq, ta’lim tashkilotiga 175 ta “prezident sovg‘asi” olib kelingan.
“Prezident sovg‘alari”ni har yili o‘quvchilarimiz maktabga kelmasidan oldin qabul qilamiz. Albatta, belgilangan vaqtda yetkazib beriladi. 12 turdagi o‘quv qurollari va portfel [keladi]. Hech qachon bu sovg‘ani qabul qilib olishda yoki tarqatishda muammo bo‘lmagan. “Prezident sovg‘a”larimiz har yili maktabga qabulga nechta bola berilgan bo‘lsa, shuning soniga to‘liq ta’minlab beriladi.
Shu kungacha tajribamda ota-onalardan “sovg‘a yetmadi, boshqacha berilibdi, ikki xil bo‘libdi” degan gaplar eshitmaganman. Chunki portfellar bir xil, ichidagi 12 turdagi o‘quv-qurollari hamma yerda bir xil beriladi, ular hammasi sanab, yuk xaltasi orqali sanab olinadi, o‘quvchilarimizga taqdim qilinadi”, – deydi u.
Bahromovaga ko‘ra, 126-maktab 1 050 o‘rinli bo‘lib, yangi o‘quv yilida bu yerda 1 900 dan ortiq o‘quvchi tahsil oladi.
Umuman, 2024/25 o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘yicha 10 182 ta maktabda 525 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,5 milliondan ortiq o‘quvchiga ta’lim berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi

13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi

22:48 / 03.12.2024