Toshkentda erkak haydovchi Malibu’ni 173 km tezlikda boshqardi
U yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, tungi Toshkentda katta tezlikda sayr qilganini Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan.

Foto: Videodan kadr
Instagram tarmog‘ida sab1rjanav_777 akkaunti egasi Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida Malibu 2 avtomobilini yuqori tezlikda haydagani aks etgan videoni stories'iga joylashtirgan.
Yigit Malibu 2 da 173 km tezlikka chiqqani ko‘rinadi. U bu tezlikka chiqquncha chorrahada yo‘l chizig‘i ustidan harakatlanib, yana bir qoidani buzgan.
Uning Instagram stories’iga qaralsa, u tezlikning ashaddiy ishqibozi ekanligi oydinlashadi. Xususan, uning yana bir videosida mototsiklda 190 km tezlikda harakatlangani aks etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositalariga ruxsat etilgan maksimal harakatlanish tezligi:
• Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat va tuman markazlarida 60 km/soat;
• boshqa aholi punktlarida 70 km/soat;
• aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga 100 km/soat, shaharlararo qatnaydigan avtobus va yuk mashinalariga 90 km/soat deb belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda 157 km/soat tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan Equinox haydovchisiga chora ko‘rilgandi. Haydovchi o‘shanda bunday yuqori tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini aytgandi.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025