«Hizbulloh» Isroilning Jo‘lan tepaliklarida joylashgan harbiy bazasiga dronlar bilan hujum qildi
Harakat bu Isroilning Livan janubidagi hujumlariga va ayniqsa, Mays al-Jabeldagi «qotillikka» javoban amalga oshirilganini ta’kidladi.

Foto: Anadolu Agency
Livanning «Hizbulloh» harakati ko‘p sonli uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) yordamida Isroil shimolidagi harbiy bazaga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi harakat matbuot xizmati.
Bayonotda, hujum Isroilning Livan janubidagi hujumlariga va ayniqsa, Mays al-Jabeldagi «qotillikka» javoban amalga oshirilgani qayd etildi.
«Hizbulloh» jangarilari ishg‘ol qilingan Jo‘lan tepaliklarida joylashgan Har-Neriya bazasiga ko‘p sonli kamikadze dronlari yordamida hujum qildi.
«Hizbulloh» nishonlar muvaffaqiyatli urilganini ta’kidladi.
Avvalroq «Hizbulloh» harakati Livan janubida Isroil hujumi natijasida o‘z a’zosi Ali Jamoliddin Javod halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Isroil armiyasi hujumga izoh berar ekan, Javod «Hizbulloh»ning harbiylashtirilgan qanoti «Sil Ridvan» qo‘mondonlaridan biri ekanini ma’lum qildi.
2023 yil 8 oktyabrdan beri Livan janubidagi Isroil hujumlari qurbonlariga Livan harakati jangchilari aylanyapti.
Mavzuga oid

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025