Xitoydan O‘zbekistonga yuklar poyezd orqali rekord darajada tez yetkazildi
Konteyner poyezdi 5 kun ichida Xitoydan Qozog‘iston orqali Toshkentga yetib keldi.

Foto: Qazaqstan temіr joly
Xitoydan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘l olgan konteyner poyezdi 5 kun ichida rekord darajadagi 4486 km masofani bosib o‘tdi. Bu haqda «Qazaqstan temіr joly» matbuot xizmatiga tayanib Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yuk poyezdi Sian portidagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan jo‘natilgan. Poyezdga KTZE Khorgos Gateway quruqlik portida konteynerlar qayta yuklangan va Qozog‘iston temir yo‘llari tarmog‘i bo‘ylab Sariag‘ash chegara stansiyasigacha, so‘ngra oxirgi nuqta – Markaziy Osiyodagi yirik transport uzeliga aylangan Toshkent stansiyasiga yetkazilgan.
Kompaniya yuk tashishning qisqa muddatda amalga oshirilishini Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlarining o‘zaro hamkorligi tufayli ta’minlanayotganini ta’kidladi. Texnologik jarayonlarni rekonstruksiya qilish va takomillashtirish hisobiga Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi asosiy yuk oqimi o‘tadigan Sariag‘ash davlatlararo tutash stansiyasining quvvati 50 foizga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, 2023 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi yuk tashish hajmi 31 million tonnadan ortiqni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 17,2 foizga o‘sgan.
2024 yil aprel oyida Xiva shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari o‘rtasida Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashishni tashkil etish va Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida yuklarni tez yetkazib berish xizmati tashkil etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

17:53 / 17.04.2025
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025