Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor alomatlarsiz isitma haqida ma’lumot berdi
Tibbiyotda alomatlarsiz tana harorati ko‘tarilishi holatlari uchrab turadi. Shunday patologiyalardan biri - dori isitmasi hisoblanadi.

Foto: Getty Images
Isitma — turli kasalliklar belgisi, ammo tibbiyotda alomatlarsiz tana harorati ko‘tarilishi holatlari ham uchrab turadi. Bu vaziyatda yanglish tashxis va noto‘g‘ri muolaja bemorning salomatligini xavf ostida qoldirishi mumkin, deb ma’lumot berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday patologiyalardan biri — dori isitmasi hisoblanadi.
— Har bir inson organizmi individual xususiyatga ega, — dedi mutaxassis. — Shu sababli bir dori vositasi ikki bemorga ikki xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biri shu malham tufayli kasallikdan xalos bo‘lsa, boshqasi salomatligini xavf ostida qoldirishi hech gap emas.
Qayd qilinishicha, dori isitmasi organizmning qabul qilingan ma’lum preparatlarga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan asosan o‘zboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qo‘llovchilar aziyat chekishi ehtimoli katta.
Ta’kidlanishicha, bunday sindrom odatda ma’lum bir dorini qabul qila boshlagandan so‘ng 7-10-kunlar oralig‘ida yuzaga keladi. Bemor doimiy yoki vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib turuvchi isitmadan aziyat chekadi. Oqibatda bora-bora tana harorati 39-40 darajaga yetib, kuchli titroq paydo bo‘ladi. Qon tarkibida eozinofillar (leykotsitlar) soni ortib ketishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan isitmadan tashqari tanada dorilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik alomatlari bo‘lgan «eshak yemi», purpura, qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda mazkur patologiya yanada og‘irroq asoratlar — arteriit, eksfoliativ dermatit, gemolitik anemiya, qonda trombotsitlar miqdori kamayishi bilan kechadi. Bunday simptomlar toki o‘sha preparatni qo‘llash to‘xtatilgunga qadar davom etadi.
«Tibbiy amaliyotda dori isitmasini aniqlash birmuncha murakkab jarayon. Buni barcha shifokorlar ham to‘g‘ri tashxislay olmaydi. Oqibatda noto‘g‘ri buyurilgan muolaja ayrim dorilarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlar ahvolini yanada og‘irlashtirib yuborishi xavfi mavjud», dedi mutaxassis.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha dori isitmasiga sulfanilamidlar, antibiotiklar, talvasa (sudorogi) va yallig‘lanishga qarshi preparatlar, zardoblar, yurak-qon tomir hamda markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar hamda tarkibida yod saqlovchi kontrast moddalar sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dorilar, aspirin va uning analoglari, qolaversa, turli vitaminlar ham xastalikni qo‘zg‘atish xususiyatiga ega.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:36
-
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi
O‘zbekiston | 12:34
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

18:41 / 25.06.2025
AQShda robot ko‘krak qafasini ochmasdan birinchi yurak transplantatsiyasini amalga oshirdi

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

21:49 / 03.06.2025