Parij-2024. Marokash – Ispaniya o‘yinida o‘zbekistonlik bosh hakam jarohat olib maydonni tark etdi

Sport 22:54 / 05.08.2024 16006

Uchrashuvni boshqarib borayotgan o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev 14-daqiqada ispaniyalik futbolchining unga kelib to‘qnashganidan keyin o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Jarohat olgan bosh hakam o‘rnini zaxiradagi hakam Glenn Nyuberg egalladi.

37-daqiqada Nyuberg VARga murojaat qilib, ispanlar darvozasiga penalti belgilagach, marokashliklar hujumchisi Rahimiy hisobni ochdi.

Qayd etish joiz, Ilgiz Tantashev maydonni tark etgach, Nyuberg o‘rniga zaxira hakami sifatida ishladi. Qanotlarda ham o‘zbekistonlik Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi turnirning 1-turida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgandi – 1:2.

Ko‘proq yangiliklar: