“O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar – butun dunyoga namuna” - Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston 22:58 / 05.08.2024 6225

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar butun dunyoga namuna, dedi O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ostonada bo‘lib o‘tgan “Zakovat” o‘yinlarida so‘zlagan nutqida.

U o‘z so‘zi avvalida o‘zbek va qozoq xalqlarining yaqin do‘stligini qayd etdi. O‘zimizni xuddi uyimizda yurgandek his qilyapmiz, umumiy jihatlarimiz juda ko‘p: an’analar, urf-odatlar, madaniyat, oshxonamiz, ismlar, tarix, din va mehmondo‘stligimiz, dedi Mirziyoyeva.

“Nega aynan bugun o‘zimizni xuddi uyimizdagidek his qilyapmiz, deyapman? Ilgari qanday bo‘lganini eslaysizmi? Mening yodimda. Hammaning yodida.

Sovuqqina munosabatlar... O‘zbekiston bilan Qozog‘iston chegarasida soatlab navbat kutish... Hadik... O‘zimizni uyimizda yurgandek his qila olarmidik?

Bugun esa O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar butun dunyoga namunadir. Bizning yo‘lboshchilarimiz eng muhim savollarga javob topa oldilar. Yer yuzida ziddiyatlar avj olayotgan bir paytda, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev siyosiy tandemi Markaziy Osiyoni eng xavfsiz, gullab-yashnayotgan, do‘stona hududga aylantirishga intilmoqda”, – deya ta’kidladi Mirziyoyeva.

Ko‘proq yangiliklar: