Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon fuqarolarini Livanni imkon qadar tezroq tark etishga chaqirdi
Ozarboyjon Respublikasi fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Livanga bormaslik tavsiya etiladi.

Foto: Sputnik / Murad Orudjev
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini imkon qadar tezroq Livanni tark etishga chaqirdi.
«Livan Respublikasi joylashgan mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tez o‘zgarib borayotganini hisobga olib, Ozarboyjon Respublikasi fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Livanga bormaslik, ushbu mamlakatda yashovchi yoki bo‘lgan fuqarolarga esa uni imkon qadar tezroq tark etish tavsiya etiladi», — deyiladi Ozarboyjon diplomatik xizmati matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.
Shu bilan birga, ayni paytda Livan Respublikasida bo‘lgan Ozarboyjon Respublikasi fuqarolaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari va odamlar gavjum joylarga bormasliklari so‘raladi.
Avvalroq Isroil nazoratidagi Jo‘lan tepaliklarida Majdal Shams qishlog‘i futbol maydoniga raketa tushishi natijasida 12 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgani, 35 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.
Mavjud razvedka ma’lumotlari Jo‘landagi Majdal Shamsga raketa hujumi Livan janubidagi Sheba qishlog‘ining shimolidan uyushtirilganini aniqladi, Isroil armiyasi hujumda «Hizbulloh»ni aybladi.
«Hizbulloh» harakatning Majdal Shamsga qilingan hujumga aloqadorligi haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi va ularning voqeaga aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hujumni javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi. «Isroil bu halokatli hujumni e’tiborsiz qoldirmaydi. «Hizbulloh» hech qachon to‘lamagan yuqori narxni to‘laydi», dedi bosh vazir.
Buning ortidan Isroil kuchlari Bayrut janubidagi Xuxreyk tumanida «Hizbulloh» kengashi joylashgan binoga havo hujumi uyushtirdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasining poytaxt janubida uyushtirgan hujumlarida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 80 kishi yaralangan.
Isroil matbuotiga ko‘ra, Bayrut janubidagi hujumlar nishoni «Hizbulloh»ning ikkinchi nufuzli shaxsi deb atalgan Fuad Shukur bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi
O‘zbekiston | 15:26
-
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida
O‘zbekiston | 15:24
-
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Jahon | 15:24
-
CNN: Tramp yopiq uchrashuvda Putinga «Moskvani bombalash» bilan tahdid qilgani haqida gapirib bergan
Jahon | 14:48
Mavzuga oid

19:30 / 07.07.2025
«Ozarboyjon bo‘ysunishga tayyor emas»: Boku va Moskva bahsi nima bilan tugaydi?

14:38 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazishi mumkin

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

21:41 / 05.07.2025