Osiyodagi fond indekslari qulamoqda - Yaponiyaning Nikkei indeksi 13 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 18:51 / 05.08.2024 2193

Yaponiyaning Nikkei 225 fond indeksi 5 avgust savdolari yakuniga ko‘ra 12,4 foziga tushib ketdi. Associated Press agentligining qayd etishicha, Nikkei 225 indeksi qulashning eng minimum ko‘rsatkichida 13,24 foizga tushgan — bu 1987 yil 20 oktyabrdan beri kuzatilgan eng yirik qulashdir.

Fond indekslarining qulashi Osiyo-Tinch okeani mintaqalarining boshqa shaharlarida ham ro‘y berdi. Xususan, Tayvanning Taiex birjasi hamda Janubiy Koreyaning Kospi indeksi 8 foizdan ortiqqa tushib ketdi.

Hindistonning asosiy fond indeksi Nifty 50 — 2,8 foizga, Hang Seng Index — 2,5 foizga, Avstriyaliyaning S&P/ASX 200 indeksi 3,6 foizga quladi. Osiyo bozorlari indeksining qulashi fonida Moskva birjasi 1,85 foizga — 2847,47 bangacha tushib ketdi. Rossiya bozori oxirgi marta bunday darajaga bir yil oldin — 2023 yil 10 iyulda tushgandi.

Bloomberg tahlilchilarining ta’kidlashicha, Yaponiya fond bozorining qulashi mamlakat Markaziy bankida foiz stavkalari oshirilishi va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik fonida yuz bermoqda. AQSh iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarning e’lon qilinishi ham yana bir omil bo‘ldi. 2 avgust kuni e’lon qilingan statistikada qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalarda band bo‘lmaganlar soni 114 ming kishiga oshgan — bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan eng yomon ko‘rsatkichdir. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarda ishsizlik 2021 yil oktyabridan beri maksimal ko‘rsatkichga chiqqan.

Nomura Securities katta tahlilchisi Naka Matsuzavaning ma’lum qilishicha, xorij investorlari «AQShga retsessiya yaqinlashayotgani xatari sabab» yapon aksiyalarini sotmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: