Isroil armiyasi G‘azodagi shifoxona hududiga hujum qildi
Zarba natijasida qurbonlar va yaradorlar bor.

Foto: Anadolu Agency
Isroil askarlari blokada ostidagi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr al-Baloh shahridagi "Aqso qurbonlari" kasalxonasi hovlisida chodirlarda qolgan falastinliklarga qarata o‘q uzdi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab insonlar jarohatlangan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlarda tibbiyot muassasasi hududida yonib ketgan chodirlarni ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, Isroil kuchlari Dayr al-Balohdagi falastinlik al-Hasenat oilasining uyini bombardimon qildi. 3 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar bor.
Isroilning G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumida kamida 8 falastinlik halok bo‘ldi, 8 nafari yaralandi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasining hujumlari natijasida blokadadagi G‘azo sektorida 39 550 kishi halok bo‘ldi, ulardan kamida 16 314 nafari bolalar va 10 980 nafari ayollar, 91 mingdan ortiq inson yaralangan.
Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida qolmoqda.
Mavzuga oid

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025