Apple bolalar uchun smart-soat chiqaradi

Fan-texnika 22:14 / 05.08.2024 3826

Apple kompaniyasi bolalar uchun mo‘ljallangan smart (aqlli) soat chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Nashr sharhlovchisi Mark Gurman so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zining eng hamyonbop aqlli soati Apple Watch SE pozitsiyasini o‘zgartirish niyatida. Uning fikricha, qurilmaning uchinchi avlodi korpusi metall emas, balki plastmassa bo‘ladi. Kompaniya shuningdek, qurilmani bolalar uchun aqlli soat sifatida reklama qiladi.

Materialda aytilishicha, plastmassa ko‘plab Apple soatlarida ishlatiladigan alyuminiyga qaraganda yemirilishga kamroq moyil. Shuningdek, yangi auditoriyani jalb qilish uchun gadjet korpusi yorqin ranglarga bo‘yaladi.

Mark Gurmanning ta’kidlashicha, yangi materiallar va pozitsiyaning o‘zgarishi Apple Watch SE narxini 200 dollarga yoki taxminan 2,5 mln so‘mga pasaytiradi. Apple Watch SE smartfonga ulangan holda ishlaydi, lekin bolalar versiyasini ota-onaning smartfoni yordamida sozlash mumkin.

Apple Watch SE birinchi avlodi 2020 yilda taqdim etilgan. Qurilma Apple Watch flagmaniga qaraganda kuchsizroq chipga ega bo‘ldi va ba’zi funksiyalarini yo‘qotdi.

Ko‘proq yangiliklar: