Britaniyaning Oxford Dynamics kompaniyasi Mudofaa vazirligi bilan inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ishlaydigan robotlarni loyihalash, yaratish va yetkazib berish bo‘yicha 1 million funt sterlingli shartnomani imzoladi.
Strider nomli ushbu robotlar kimyoviy, biologik va yadroviy zararlangan, shuningdek, o‘ta xavfli radiatsiya sharoitida ishlash uchun yaratilgan. Kompaniya direktorlaridan biri bo‘lgan Mayk Loutonning aytishicha, «oxir-oqibat yurt xizmatiga 10 ming tagacha Strider robotlari yig‘ilishi mumkin».
«Insonni hayot uchun potensial xavf tug‘diradigan joyga yuborish o‘rniga, keling, mashinalarni jo‘natamiz», — deydi Louton.
Komapniya Strider’ni o‘tgan yil noyabrda loyihalashni boshlagan va sentabrda uni Mudofaa vazirligida foydalanish uchun Mudofaa ilm-fan va texnologiyalari laboratoriyasiga topshirishi kerak. Robot zararlangan buyumni ajratib olishi va uni germetik konteynerlarga joylashtirishi, shuningdek, odamlar uchun murakkab o‘lgan yarim avtonom harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, robot infraqizil, radiolokatsion va lidar tizimlaridan foydalanib harakatlanish qiyin bo‘lgan hududlarda yura oladi. Kompaniya robotga o‘z AVIS AI nomli o‘z dasturiy ta’minotini o‘rnatmoqchi.
Kompaniya asoschisi va direktori Shefali Sharma kelajakda mazkur texnologiyadan suv osti kemalari va qiruvchi samolyotlarda ham foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.