Polsha prezidenti MSK bo‘yicha tuzatishlarni Konstitutsiyaviy sud tekshiruviga yubordi

Jahon 09:23 / 03.08.2024 2422

2023 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda markaziy so‘l koalitsiyaga mag‘lub bo‘lgunga qadar sakkiz yil davomida hokimiyatda bo‘lgan milliy konservativ «Qonun va adolat» (PiS) partiyasi vakili hisoblanuvchi Polsha prezidenti Anjyey Duda yangi hukumat tomonidan Milliy sudyalar kengashini tuzish ishlab chiqilgan tuzatishlarni Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni Polsha prezidenti devoni rahbari Malgojata Paprotskaya ma’lum qildi

Dudaning Polsha davlati rahbari sifatida imzosisiz tegishli tuzatishlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirmaydi. 

Polsha Milliy sudyalar kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar 

Polskie Radio o‘z veb-saytida eslatganidek, Milliy sudyalar kengashi vakolatiga boshqa narsalar qatori Oliy sud, shuningdek, umumiy, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalarini tayinlash bo‘yicha prezidentga takliflar kiritish kiradi. 

Milliy sudyalar kengashi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar mazkur organning 25 nafar sudyasidan 15 nafarini saylash tartibini o‘zgartiradi. Xususan, MSK tarkibi hozirgidek Seym tomonidan emas, balki Polshadagi barcha sudyalar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin saylovlarda belgilanishi ko‘zda tutilgan. 

«2017 yilda MSK to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng lavozimga kirishgan sudyalar o‘z nomzodini ilgari surish huquqidan mahrum bo‘ladi. Yangi kengash a’zolari saylangandan so‘ng, amaldagi sudyalar mandatlarini yo‘qotadilar», - deya aniqlik kiritdi Polskie Radio aprel oyida.

Duda aynan shu narsani tanqid qildi. Uning fikricha, sudyalarni faqat lavozimga kirishgan sanasidan kelib chiqib MSKga saylanish huquqidan mahrum qilish uchun asos yo‘q. 

Yevrokomissiyaning Polshaga qarshi e’tirozlari

2018 yilda PiS partiyasi boshchiligidagi Polsha hukumati qonun qabul qildi, unga ko‘ra MSKning 15 nafar sudyasi Seym tomonidan belgilanadi. Shu munosabat bilan Polsha Yevropa komissiyasi bilan ziddiyatga ega edi. Yevropa Ittifoqi Adliya sudi ham MSKning mustaqil emasligini tanqid qildi. 

Biroq hozirda Yevrokomissiyaning Polshaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqish to‘xtatildi, chunki mamlakat bosh vazir Donald Tusk boshchiligidagi yangi hukumat sud hokimiyati mustaqilligini tiklashga va’da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: