Nijniy Tagilda uy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi
Nijniy Tagilda besh qavatli turar joy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi. 11 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda qolmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga gaz portlashi sabab bo‘lgan. 3 avgust shaharda motam kuni deb e’lon qilindi.

Foto: TASS
Nijniy Tagilda besh qavatli turar joy binosi qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 11 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda qolmoqda. Shifokorlar ulardan besh nafari, jumladan ikki bolaning ahvolini og‘ir deb baholamoqda, dedi Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznetsov.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida 550 nafar qutqaruvchi va 74 birlik texnika ishlamoqda.
Qulash 1 avgust kuni sodir bo‘lgan va ikkita kirish yo‘lagiga ta’sir qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga gaz portlashi sabab bo‘lgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
Nijniy Tagil meri Vladislav Pinayev 3 avgustni motam kuni deb e’lon qildi.
Mavzuga oid

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

15:08 / 18.01.2025
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun to‘lov “Mening uyim” tizimida to‘lanadi

10:15 / 24.12.2024
Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi

10:34 / 05.12.2024