AQSh ittifoqchilarga mahbuslar almashinuvidagi roli uchun minnatdorlik bildirdi

Jahon 08:43 / 03.08.2024 2100

AQSh prezidenti Jozef Bayden ittifoqchi davlatlarga Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvidagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. Xususan, Germaniya kansleri Olaf Shols «aql bovar qilmas sa’y-harakatlar ko‘rsatdi», dedi Oq uy rahbari 2 avgust, jumaga o‘tar kechasi Merilenddagi Endryus harbiy-havo bazasida jurnalistlar bilan suhbatda

Almashish Vashingtonning ittifoqchilari uchun «qiyin sinov» bo‘ldi, dedi Bayden. Shunday qilib, Germaniya va Sloveniya «o‘zining bevosita manfaatlariga zid keladigan» qarorlar qabul qilishga majbur bo‘ldi, deya tushuntirdi u. Lyublyana almashinuv sxemasiga «so‘nggi daqiqada» qo‘shildi, dedi AQSh prezidenti.

Sloveniya o‘zlarini Lyudvig Gish va Mariya Roza Mayyer Munos deb tanishtirgan er-xotin Artem va Anna Dulsevlarni Rossiya Federatsiyasiga topshirdi, ular Rossiya foydasiga josuslikda aybdor deb topilib, Sloveniya sudi tomonidan bir yil-u yetti oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Ular bu muddatni tergov hibsxonasida o‘tagan. Germaniya Berlinda chechenistonlik sobiq dala qo‘mondoni Zelimxon Xanqoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, «FSB» xodimi deb taxmin qilingan Vadim Krasikovni Rossiya tomoniga topshirdi.

Oq uy xorijga sayohat qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘rganishga chaqirdi 

«Ittifoqlar muhim», deb ta’kidladi Bayden. Qo‘shma Shtatlarning ittifoqchilari «qo‘zg‘aldi va biz uchun tavakkal qildi», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Shu bilan birga, Oq uy rahbari vatandoshlarini Vashingtonning ma’lum bir davlatga sayohat qilish bo‘yicha tavsiyalariga e’tibor berishga chaqirdi. 

O‘z navbatida, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris diplomatiya va ittifoqlarni mustahkamlash muhimligini tushunadigan davlat rahbariga ega bo‘lish naqadar muhimligini ta’kidladi. «Bu g‘ayrioddiy kun», deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya va G‘arb o‘rtasida mahbuslar almashinuvi 

1 avgust kuni Turkiya poytaxti Anqarada Rossiya, Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasida keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Federatsiyasi 16 kishini, shu jumladan Belarusda afv etilgan Germaniya fuqarosini topshirdi. 10 kishi Rossiya Federatsiyasiga qaytib keldi - rus josuslari va ularning ikki farzandi, kiberfiribgarlar va «FSB» xodimi.

1 avgust kuni kechga yaqin Rossiya tomoni ozod qilgan 13 kishi Anqaradan Germaniyaning Kyoln/Bonn aeroportiga uchib ketdi. Bir necha soatdan so‘ng, almashish doirasida yana uch nafar ozod qilingan rossiyalik bo‘lgan samolyot AQShga qo‘ndi. 

Ko‘proq yangiliklar: