Ozarboyjon Sloveniyaga gaz yetkazib berishni boshladi

Jahon 09:48 / 02.08.2024 1671

Ozarboyjon davlat neft kompaniyasi (ORDNK, SOCAR) 1 avgust, payshanba kuni Sloveniyaga gaz yetkazib berishni boshladi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar bermoqda.

«2024 yil 1 avgustdan SOCAR Sloveniyaga gaz yetkazib berishni boshladi, yetkazib berishlar joriy yilning 17 iyulida SOCAR va Sloveniya tabiiy gaz bozoridagi eng yirik kompaniya - Geoplin o‘rtasida gaz ta’minoti sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda», - deyiladi press-relizda. Ayni paytda xabarda eksport qilinadigan gaz hajmi ko‘rsatilmagan. 

Aniqlik kiritilishicha, Turkiya, Gurjiston, Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va Serbiyadan keyin Sloveniya Ozarboyjon gazi yetkazib berilgan to‘qqizinchi davlatga aylandi. 

Ozarboyjondan gaz eksporti hajmi

«Interfaks» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Ozarboyjon 23,8 milliard kub metr gaz eksport qilgan. Yevropa mijozlari hissasiga 11,8 milliard kub metr to‘g‘ri keldi.

2024 yilda, prognozlarga ko‘ra, Ozarboyjonning gaz eksporti hajmi 25 milliard kub metrni tashkil qiladi, shundan 13 milliard kub metri Yevropaga yetkazib beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: