BMT vakili: Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro har tomonlama falokatli

Jahon 09:53 / 02.08.2024 1797

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Yaqin Sharqdagi mojarolarning kengayishi «falokat» ekanligini aytdi.

X ijtimoiy media-platformasida e’lon qilingan bayonotda Grandi: «Yaqin Sharqdagi mojarolarning kengayishi har jihatdan falokatlidir», dedi.

Gumanitar nuqtayi nazardan qaraganda, bu ko‘proq tinch aholi halok bo‘lgan, yaralangan va ko‘chirilgan degan ma’noni anglatadi, deya qo‘shimcha qildi Grandi va yordamning qisqarishi tufayli mintaqada hamda butun dunyoda muhtojlarga kamroq yordam berilishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: