Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari: Isroil hujumga uchrasa, AQSh uni himoya qiladi
Shu bilan birga, Lloyd Ostin Yaqin Sharqda keng ko‘lamli urushni muqarrar deb hisoblamaydi.

Foto: AP / Kevin Wolf
Qo‘shma Shtatlar Isroil hujumga uchrasa, uni himoya qilishga yordam beradi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Filippindagi brifingda aytib o‘tdi.
Ostin Yaqin Sharqda yirik urush muqarrar ekaniga ishonmasligini aytdi.
Uning qayd etishicha, Vashington mintaqada kuchayib borayotgan keskinlikni kamaytirishga intilmoqda.
«Men urushni muqarrar deb hisoblamayman. Diplomatiya uchun doim joy va imkoniyat borligiga ishonaman», — dedi Pentagon rahbari.
Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga izoh berish so‘ralganda, u bu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega emasligini aytdi.
Mavzuga oid

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

21:13 / 09.07.2025
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

18:49 / 09.07.2025
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

18:03 / 09.07.2025