Meta: Trampga suiqasd mavzusida sun’iy intellekt «gallyutsinatsiya»ga uchragan

Fan-texnika 09:23 / 01.08.2024 5695

Facebook, Instagram va WhatsApp'ni birlashtirgan Meta korporatsiyasi o‘zining sun’iy intellekti (SI) AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani faktini yanglishib inkor qilganini tan oldi. Facebook global siyosat bo‘yicha vitse-prezidenti Joel Kaplan seshanba kuni «xatoda hech qanday yomon niyat yo‘q» deb ishontirdi.

Chat-bot Trampga suiqasd uyushtirilganini tan olmadi

2024 yil aprel oyida Meta o‘zining SI-yordamchisi Meta AI'ni taqdim etdi. U Facebook, Instagram va WhatsApp foydalanuvchilariga yordam berishi kerak. Masalan, chat-bot restoran, konsert tavsiya qilishi yoki sayohat tashkil etishi mumkin. Meta AI 10 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika, Nigeriya va Pokistonda ingliz tilida ishlaydi. Yevropada va possovet mamlakatlarida mavjud emas.

Donald Trampga suiqasddan so‘ng foydalanuvchilar Meta AI'dan otishma haqida so‘rashni boshladi. Biroq, chat-bot o‘tmish haqida uzun ma’lumot bilan javob berdi va AQSh sobiq prezidentini o‘ldirishga urinish bo‘lganini rad etdi. Bundan tashqari, Trampning suiqasddan so‘ng mushtini havoga ko‘targan mashhur surati Facebook va Instagram'da soxta deb belgilandi.

Sun’iy intellekt «gallyutsinatsiyalari»

Kaplan tushuntirganidek, chat-bot ko‘p yillar davomida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Shuning uchun ham u tezkor yangiliklar bilan shug‘ullanishi qiyin. SI so‘nggi voqealar haqidagi qarama-qarshi ma’lumotlar bilan chalkashib ketadi va ularni o‘tmish bilan har doim ham muvaffaqiyatli taqqoslamaydi. Shu sababli Meta rahbariyati dastlab chat-botga Trampga suiqasd haqida gapirishni taqiqlagan. Keyin taqiq olib tashlandi, ammo SI bir muncha vaqt sukut saqlashda davom etdi yoki otishma bo‘lmaganini da’vo qildi.

«Kichik hollarda Meta AI noto‘g‘ri javoblar berishda davom etdi, ba’zida voqea sodir bo‘lmagan deb da’vo qildi - biz buning ustida ishlayapmiz. Bunday turdagi javoblar gallyutsinatsiyalar deb ataladi, bu butun sanoat muammosi, Biz buni barcha SI avlod tizimlarida ko‘ramiz, bu sun’iy intellektning real vaqt rejimida qanday ishlashi bilan bog‘liq davom etayotgan muammo, barcha SI avlod tizimlari kabi, noaniq yoki ahamiyatsiz ma’lumotlar berilishi mumkin», - dedi Kaplan.

Nima uchun chat-bot Trampning suratini soxta deb tan oldi?

Menejyer Trampning suiqasddan so‘ng darhol mushtini havoga ko‘targan surati bilan bog‘liq muammolarni ba’zi shaxslar internetda soxta suratni joylashtirgani va AQSh Maxfiy xizmati xodimlariga tabassum qo‘shib qo‘ygani bilan izohladi. Meta bu sharjni soxta deb belgiladi. Ammo SI barcha shunga o‘xshash kadrlarni, shu jumladan asl nusxasini ham bloklashni boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: