Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvineyaning sobiq harbiy yetakchisi insoniyatga qarshi jinoyatda aybli deb topildi
Uning boshqaruv davrida muxolifat tomonidan o‘tkazilgan norozilik mitingi shafqatsizlarcha bostirilgan va oqibatda 150 dan ortiq odam o‘ldirilgan edi.

Foto: AP Photo
Gvineya sudi sobiq harbiy yetakchi Mussa Dadis Kamarani insoniyatga qarshi jinoyati uchun 20 yil muddatda ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqardi.
Gvineya Jinoiy sudi mamlakat poytaxti Konakri yaqinidagi stadionda muxolifat mitingini bostirish ishi bo‘yicha ikki yildan buyon davom etib kelayotgan sud jarayonini yakunladi. O‘shanda mitingni shafqatsiz bostirish jarayonida kamida 156 kishi halok bo‘lgan va 109 nafar ayol zo‘rlangan edi.
Sud qotillik, zo‘rlash, qiynoq va odam o‘g‘irlash kabi ayblovlar Kamara va boshqa yetti harbiy komandirga hukm chiqarilishidan oldin insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida tasniflanishini e’lon qildi. To‘rt nafar ayblanuvchi esa oqlandi.
Sud jarayonida Kamaraning prezident gvardiyasi a’zolari tomonidan 2009 yilda sodir etilgan ommaviy qirg‘inda omon qolgan yuzlab insonlar va qurbon bo‘lgan shaxslarning yaqinlari ko‘rsatma berdi. Sud qurbonlarga 23 mingdan 174 ming AQSh dollargacha kompensatsiya to‘lash bo‘yicha qaror chiqardi.
Qurbonlarning ayrim qarindoshlari ushbu hukmni odilona deb baholayotgan bo‘lsa, ba’zilar 2023 yilning noyabrida qamoqxonadan qochib ketgan, biroq ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan Kamara uchun yetarlicha jazo emas deb hisoblamoqda.
«Hukm jinoyatlarga mos kelmayapti. Bizning opalarimiz zo‘rlandi, akalarimiz o‘ldirildi, ularning jasadlari bedarak yo‘qoldi», — deydi qurbonlardan birining qarindoshi 25 yoshli Safiatu Balde.
Himoyachilarning ta’kidlashicha, hukm chiqarilgan kunda ayblovlarni insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida qayta tasniflash ayblanuvchining o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum qiladi va ularning adolatli sudlov huquqlarini buzadi. Ayblanuvchilar va da’vogarlar 15 kun ichida hukm ustidan shikoyat qilishlari mumkin.
Kamaraning hokimiyatga kelishi
2008 yilning 22 dekabr kuni Gvineyaning prezidenti Lansana Konte kutilmaganda vafot etadi. Ertasi kuni soat 07:00 da Mussa Dadis Kamara televideniye orqali chiqish qilib, Demokratiya va rivojlanish uchun milliy kengash tuzilganini, hukumat tarqatilib yuborilishini e’lon qiladi. Uning aytishicha, davlat to‘ntarishiga mamlakatdagi qashshoqlik va korrupsiya sabab bo‘lgan.
24 dekabr kuni radio orqali Kamaraning prezident etib tayinlangani e’lon qilinadi, shu kuni u mamlakatda 2010 yil dekabrga qadar erkin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Kamaraning avtoritar boshqaruvi muxolifat kuchlarining qarshiligiga uchraydi. 2009 yil sentabrda muxolifat norozilik aksiyalarini boshlaydi va oxir-oqibat u bostiriladi. Harbiylar stadiondan chiqish yo‘llarini yopib qo‘yib, namoyishchilarni o‘qqa tutadi. Keyinroq armiya poytaxt do‘konlarini o‘marishga tushadi va ko‘chalarda hukumatdan norozi kayfiyatda yurgan fuqarolarni otishga kirishadi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025