Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga F-16 qiruvchilari uchun raketalarni topshiradi
Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarini jihozlash uchun AQShdan raketalar va boshqa «zamonaviy qurollar» oladi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Foto: Jared C. Tilton / Getty Images
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yuborilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini raketalar va boshqa zamonaviy qurollar bilan jihozlashga rozi bo‘ldi. Bu haqda 30 iyul, seshanba kuni The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi. Shu paytgacha Ukraina uchun qiruvchi samolyotlarga jangovar texnika masalasi hal etilmagan, deya qayd etadi WSJ.
Oq uy Kiyevga AIM-120C-8 AMRAAM va AIM-9X «havo-havo» raketalari, shuningdek, AGM-88 HARM «havo-yer» tipidagi radarlarga qarshi raketalarni taqdim etadi. WSJ xabariga ko‘ra, Ukraina F-16 uchun boshqa «zamonaviy qurollar» ham oladi. Yetkazib berish qachon boshlanishi aniqlashtirilmagan.
Ukrainalik uchuvchilarning birinchi guruhi F-16’ni boshqarishni o‘rgandi
May oyining oxirida harbiy xizmatchilarning birinchi guruhi Arizonadagi AQSh harbiy bazasida F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi.
Iyul oyida Niderlandiya va Daniya hukumatlari AQSh ko‘magida harbiy samolyotlarni Ukrainaga o‘tkazish jarayonini boshladi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ta’kidlaganidek, F-16 samolyotlari «bu yozda Ukraina osmonida uchadi».
WP: Ukrainada F-16 qiruvchilari Rossiya bilan urushdagi vaziyatni o‘zgartirmaydi
Ukrainaga uzoq kutilgan F-16 qiruvchi samolyotlari bir necha hafta ichida yetib borishi kerak, biroq ular Rossiya bilan urushni o‘zgartirishi dargumon. Bu haqda 28 iyul kuni Ukraina va G‘arb rasmiylariga tayanib The Washington Post gazetasi yozdi. Ularga ko‘ra, Ukraina armiyasida «juda kam» samolyotlar bo‘ladi, Rossiyada esa F-16 samolyotlarini urib tushira oladigan «juda ko‘p» havo mudofaa tizimlari mavjud.
Taxminlarga ko‘ra, qiruvchilar Ukraina havo mudofaasini kuchaytiradi, ammo rus qo‘shinlari konsentratsiyasi va frontdagi harbiy obektlarga zarbalarda yordam bermaydi. WP manbalariga ko‘ra, dastlab F-16 samolyotlari oldingi chiziqqa uchmaydi, demak, Ukraina o‘z chegarasini kesib o‘tayotgan rus samolyotlarini to‘xtata olmaydi, F-16 samolyotlaridan foydalangan holda Rossiya hududiga zarbalar ham kamroq bo‘ladi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari fikricha, Amerika qiruvchilarining potensial tahdidi Rossiya samolyotlarining Ukrainaga boshqariladigan havo bombalarini tashlashiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025