Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi serqatnov ko‘chalardan birida avtomobillar harakati 10 avgustgacha cheklanadi
Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li chorrahasidan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq masofadagi avtomobil yo‘lida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Shu sababli 30 iyul kuni soat 23:00 dan qurilish-montaj ishlari boshlandi. Qurilish ishlari 10 avgust kunida yakunlanishi rejalashtirilgan. Shu bois ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar hokimligi hamda Yunusobod tumani hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Temur Malik ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu sababdan 20 iyundan 1 avgust kuniga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi «Buyuk Turon» ko‘prigi avtomobillar harakati uchun yopilgan.
Hozirda Mirzo Ulug‘bek tumanining Temur Malik ko‘chasi, aniqrog‘i M39b Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 34-36 km qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, obektni 2025 yilning 1-choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlariga asosan ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

18:22
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025