Podolyak Ukraina va Rossiya muzokaralari qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirdi

Jahon 22:18 / 30.07.2024 6524

Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga tayyor, lekin faqat xalqaro huquq asosida. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak NV nashriga bergan intervyusida gapirdi.

«Rossiya tashviqoti «urush ketyapti, lekin biz muzokaralarga tayyormiz, Ukraina muzokaralarga tayyor emas» degan tasavvur uyg‘otish uchun juda ko‘p mablag‘ sarflamoqda. Yo‘q, Ukraina muzokaralarga tayyor — bu asosiy nuqta. Ya’ni, albatta, muzokaralar zarur, lekin ikkinchi nuqta — muzokaralar qanday shartlar asosida o‘tkazilishi. Ukraina aniq aytadi: «Ha, keling, xalqaro huquqqa asoslangan shartlar bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazaylik». Va bu konsepsiyadagi asosiy narsa — davlatning hududiy yaxlitligi, sub’yektivligi va suvereniteti», dedi Podolyak.

Shu bilan birga, Prezident devoni vakili tajovuzkorni tinchlikka majburlash vositalari ishlagandagina muzokaralar samarali bo‘lishini qayd etadi.

«Bu vositalar – Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish. Bu ko‘proq bo‘lishi kerak; xususan, Rossiyaning istalgan hududida joylashgan urush infratuzilmasiga zarba berish bo‘yicha har qanday cheklovlar - norasmiy, rasmiy - bekor qilinishi kerak. Ikkinchidan, iqtisodiy sanksiyalar, Rossiya uchun urush qimmatga tushishi kerak. Uchinchisi, afsuski, u umuman qo‘llanilmayapti — Rossiya diplomatik izolyatsiya qilinishi kerak. Masalan, BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qila olmasligi lozim, u yoki bu siyosiy maydonchalardan foydalana olmasligi kerak», dedi Podolyak.

Ko‘proq yangiliklar: