Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TSMRI’da O‘zsanoatqurilishbank lider ayollari uchun xalqaro ta’lim dasturi ish boshladi

Foto: O'zsanoatqurilishbank
Joriy yilning 15 iyul kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida tuzilgan ta’lim va tajriba almashish sohasidagi hamkorlikka ko‘ra dastlabki o‘quv kurslariga start berildi. Bunda “SQB lider ayollari” klubi a’zolari ta’lim dasturining ilk ishtirokchilari bo‘ldi.
Bankning Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan imzolangan memorandumi asosida uch moduldan iborat “Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi” ishlab chiqildi. Unda xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tashi qamrab olingan. Shuningdek, o‘quv dasturi loyihalarni boshqarish, biznes tahlili, bank mahsulotlarini muvaffaqiyatli sotish jarayonida muhim bo‘lgan marketing sirlari, liderlikni shakllantirish va rivojlantirish kabi modullarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, bu dastur ayollar o‘rtasida yangi iqtidor egalarini kashf qilish, salohiyatidan samarali foydalanish va boshqaruvda gender tenglikni ta’minlash kabi muhim vazifalar ijrosiga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar Angliya, Germaniya, Shveytsariya, Singapur, Koreya kabi xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirib yuqori malakaga ega bo‘lishadi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025