OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘rtacha 15 foizga oshirildi

O‘zbekiston 14:35 / 29.07.2024 49081

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

To‘lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda ta’lim shakllariga (kunduzgi, sirtqi, kechki) qarab farqlanadi. 

Bir talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati quyidagicha belgilangan:

Avvalgi yillar taqqoslaganda, to‘lov summalari o‘rtacha 15 foizga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan edi. So‘nggi marta 2019/2020-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni damda 111 ta davlat oliygohi faoliyat yuritmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: