Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) va Singapur xalqaro maktabi (SIS) o‘rtasida amaliyotga ko‘chayotgan hamkorlik

O‘zbekiston 09:38 / 27.07.2024 1756

2024 yilning 24 iyul kuni MDIST (Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) va SIS (Singapore International School) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad, Singapur xalqaro maktabida aynan Singapur va Britaniya maktab ta’limi uslubiyotini joriy etishdan iborat. Shuningdek, Singapur va Britaniya maktablari va SIS o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish orqali xalqaro andozadagi ta’lim klasterini paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.

Xorijiy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yurituvchi ushbu ikki o‘quv dargohi hamkorligi sinergiyasi natijasida erishiladigan ijobiy natijalar, mamlakatimizdagi ta’lim klasterining yorqin namunasi bo‘lib aks etadi.

Mazkur memorandum doirasida institutning mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan mahorat darslari va talaba volontyorlar ishtirokidagi qiziqarli tadbirlar yordamida TSMRI jamoasi o‘zlarini shu kungacha erishgan boy bilim va tajribalarini SIS’ning o‘qituvchi va murabbiylari bilan bo‘lishib, shu orqali ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun zamin yaratadi.

Eng muhimi, mazkur hamkorlik orqali Singapur xalqaro maktabi o‘quvchi-yoshlarining o‘z iste’dodlarini to‘liq namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: