Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 08:11 / 27.07.2024 1690

Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bosh muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirib, ularni Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: