O‘zbekistonda yangilangan Kia K5 biznes-sedanining sotuvlari boshlandi

O‘zbekiston 16:58 / 27.07.2024 43497

•  Yangilangan Kia K5 sakkiz komplektatsiyada, 379 900 000 so‘mdan 539 900 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda taqdim etildi.

•  Yangilangan Kia K5 o‘lchamlari jihatidan kattalashdi, endi u o‘z segmentida eng ulkan uzunlik va g‘ildirak bazasiga ega bo‘lib, bu uning salonini maksimal darajada kengroq va shinamga aylantirish imkonini berdi.

•  Avtomobilga yangi, yanada quvvatli 1,5T (170 ot kuchi) va 2,0T (240 ot kuchi) dvigatellar o‘rnatilgan.

•  Kia K5 eng zamonaviy jihozlar, bir qator jozibali yangi qulaylik opsiyalariga ega bo‘ldi, bezak materiallarining sifati yaxshilandi.

2024 yil 26 iyul kuni Toshkentda Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi O‘zbekiston bozorida yangilangan Kia K5 biznes-sedanining sotuvlari boshlanganini ma’lum qiladi.

Kia K5 – brendning global bessellerlaridan biri bo‘lib, ko‘plab bozorlarda u o‘zining biznes-sedanlar segmentida yetakchi hisoblanadi. O‘z vaqtida K5'ning avvalgi modeli Optima’dan boshlab, Kia’ning yorqin jozibali dizaynga ega bo‘lgan brend sifatidagi qaytadan yaralishi boshlangan edi. Zamonaviy K5 yuqori himoya darajasi va zavq baxsh etuvchi dinamikani ta’minlovchi sezilarli konstruktiv takomillashtirishlarga ega bo‘lgan uchinchi avlodga mansub N3 platformasi negizida yaratilgan. N3 platformasi Kia uchun rul boshqaruvini, shassi elementlarini, transmissiyani va kabina polini joylashuvini belgilaydigan, salonni yanada kengroq qilish, avtomobilning aerodinamik xususiyatlarini, uning aniq boshqarilishini, barqarorligini va xavfsizligini yaxshilash imkonini beradigan yangi standartga aylandi.

Bunday ajoyib sifatlar to‘plami mutaxassislar va xaridorlar tomonidan bir necha bor qayd etildi. Kia K5 dizayni va xavfsizligi uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, mutaxassislar va oddiy avtomobilchilarning ovoz berishlari natijalariga ko‘ra e’tiroflarga ega bo‘lgan. Xususan, K5 ikki marotaba GOOD DESIGN xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan, uch yil ketma-ket Rossiyaning «Yil avtomobili» milliy mukofotining «Biznes-klass» toifasida g‘oliblikka erishgan.

Yangilangan Kia K5 yanada zamonaviy, qulay va sportcha ruhga ega bo‘ldi. Kuzovining o‘lchamlari sezilarli darajada kattalashdi: endi avtomobilning uzunligi 4960 mm (+55 mm) ga, g‘ildirak bazasi esa 2885 mm (+35 mm)ga teng bo‘lib, bu K5'ni o‘zining biznes-sedanlar segmentida eng keng va qulay avtomobilga aylantirdi. «Fastback» uslubidagi sportcha qiyofasi tufayli, tomning egik chizig‘ining pastga tushirilgan kabina polining uyg‘unligi bosh va yelkalar uchun yetarlicha bo‘sh joy mavjudligini ta’minlaydi. Yangi, yanada sportcha tus olgan old bamperning zamonaviy dizayni tufayli old qismi yanada jozibador ko‘rinishga ega bo‘ldi. Orqa bamper ham endi yanada sportcha ko‘rinishga ega bo‘ldi, unda qo‘shimcha aerodinamik elementlar, shuningdek, kuzovning chekkalariga joylashtirilgan juft chiqindi gaz quvurlarni birlashtiruvchi xromlangan dekorativ chiziq paydo bo‘ldi. Ilk bor ushbu yangilangan Kia K5 modeli uchun 19 dyuymli g‘ildirak disklari taklif etiladi.

Kia Smarstream’ning zamonaviy yuqori samarador liniyasiga tegishli bo‘lgan yangi dvigatellar sezilarli darajada kuchliroq bo‘ldilar. Ular Dual CVVT kirish va chiqish klapanlarining fazasi va ko‘tarilish balandligini doimiy tartibga solish tizimi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘i quyish tizimi va turbopurkalish bilan jihozlangan. 1,5T dvigateli (ishchi hajmi 1497 kub. sm) 170 ot kuchiga ega, uning maksimal aylantiruv momenti esa 1500-4000 ayl/daq. diapazonida 253 N/m ni tashkil qiladi. Bunday dvigatel ikkita tutashmali, yetti pog‘onali robotlashtirilgan transmissiya 7-DCT bilan birlashtirilgan. 2,0T dvigateli (1975 kub. sm) 240 ot kuchiga ega bo‘lib, uning maksimal aylantiruv momenti esa 1500-4000 ayl/daq. diapazonida 353 N/m ni tashkil qiladi. 2,0T dvigateli sakkiz pog‘onali avtomatik gidromexanik transmissiya bilan juftlikda ishlaydi.

Salon ham qator ta’sirli yangilanishlarga ega bo‘ldi. 12,3 dyuymli displey asosidagi qurilmalar paneli xuddi shu o‘lchamdagi markaziy displey bilan integratsiyalashtirilgan, konditsionerlash va shamollatish tizimini boshqaruvi alohida sensorli panelga o‘tkazilgan. Transmissiyaning boshquvi – elektron (Shift-by-Wire) bo‘lib, markaziy konsoldagi aylanadigan dumaloq kalit yordamida amalga oshiriladi.

Yangilangan K5 uchun mavjud bo‘lgan premium opsiyalar qatoriga old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, JBL Premium Audio audiotizimi, panoramali tom (yoki tomdagi panoramali lyuk), yuqori texnologik xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari to‘plami kiradi.

Yangilangan Kia  K5 modeliga, boshqa Kia modellariga bo‘lgani kabi, uzoq muddatli – 5 yil yoki 150 000 km yurish masofasiga kafolat amal qiladi.

Yangilangan Kia K5 haqidagi batafsil ma’lumotlarni brendning rasmiy dilerlik markazlaridan olishingiz mumkin.                              

Telefon raqami: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Ko‘proq yangiliklar: