Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) Z.H. MChJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, shundan 7000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.