Soliq qo‘mitasining “Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risidagi sud ajrimi soliq qarzini undirilishi umidsiz deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.
Bundan quyidagi holatlar mustasno:
– sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qo‘llanilmasligi ko‘rsatilgan holatlar;
– to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qo‘llanilmasligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan holatlar.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2024 yildan kuchga kirdi.