19 sport turida 90 nafar sportchi bilan – Parij-2024 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi?

Sport 18:58 / 26.07.2024 36471

Ochilish marosimi ilk bor stadion emas, daryoda o‘tkaziladi

Bu yilgi Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi musobaqaning 128 yillik tarixida ilk bor stadionda emas, balki uning tashqarisida, aniqrog‘i Parij markazidan oqib o‘tuvchi Sena daryosida o‘tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan yirik tadbir jahonning deyarli barcha mamlakatlarida translatsiya qilinishi kutilmoqda. Bokschimiz Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ladi. Hukumat tomonidan turnir g‘oliblariga Tokiodagi kabi oltin medal uchun – 200 ming AQSh dollari, kumush uchun 100 ming, bronza sohibiga esa 50 ming va’da qilingan. Sportchilar turnirda 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

Bu safargi turnir bilan hisoblaganda Fransiya poytaxti yozgi Olimpiya o‘yinlariga uchinchi bor mezbonlik qilgan Londondan keyingi ikkinchi shaharga aylanadi.

Yana bir e’tiborli jihati, 26 iyuldan 11 avgustgacha davom etadigan Parij-2024 – gender tenglik asosida o‘tkazilayotgan birinchi Olimpiada bo‘ladi. Sababi 10 500 nafar sportchining teng yarmi ayollardan iborat. Qizig‘i, Parij Olimpiadasi sovrindorlariga atalgan medallarni tayyorlashda Eyfel minorasining qurilishidan ortgan temir bo‘laklari ishlatilgan.

Sportchilar soni bo‘yicha rekord – O‘zbekiston ilk bor 90 nafar sportchi bilan qatnashadi

Parij-2024 – O‘zbekiston delegatsiyasi mustaqil davlat sifatida ishtirok etadigan sakkizinchi yozgi Olimpiya o‘yinlariga aylanadi. O‘zbekiston delegatsiyasi litsenziyalar bo‘yicha o‘z rekordini yangilab, ilk bor 19 sport turida, 90 nafar sportchi bilan 75 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi. Bungacha rekord 1996 yilgi Olimpiadaga tegishli bo‘lib, o‘shanda Atlantadagi musobaqalarda o‘zbekistonlik 71 nafar sportchi qatnashgan edi.

Fransiyadagi turnirlarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 4 nafar Olimpiada chempionlari ishtirok etadi va Ulug‘bek Rashitov, Akbar Jo‘rayev, Bahodir Jalolov hamda Hasanboy Do‘smatov ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni nomi uchun bahs olib borishadi.

Ilk marta...

Parijdagi turnirda ilk bor jamoaviy sport turida litsenziya qo‘lga kiritilgan. Fransiya maydonlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi ham medallar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi yo‘nalishlarida Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

- Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 13 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

- Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi birinchi marotaba Olimpiya o‘yinlarida 4 nafar sportchi bilan qatnashadi.

- Taekvondo VT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi bor Olimpiya o‘yinlarida 5 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi.

- Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba 3 nafar sportchi bilan qatnashadi.

- Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Eng yosh va faxriy sportchilar

O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh ishtirokchisi badiiy gimnastikachi Amaliya Mamedova bo‘lib, u 2008 yilning 29 avgust kuni tug‘ilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasidagi eng yoshi katta ishtirokchi esa velosportchi Olga Zabelinskaya sanalib, u 1980 yilning 10 may kuni dunyoga kelgan.

Bu yilgi olimpiyachilarimizning 74 foizini erkaklar, 36 foizini xotin-qizlar tashkil etgan.

Ular Olimpiada-2024da O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar:

Boks:

Hasanboy Do‘smatov (-51 kg)

Abdumalik Xalokov (-57 kg)

Ruslan Abdullayev (-63,5 kg)

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg)

To‘rabek Xabibullayev (-80 kg)

Lazizbek Mullojonov (-92 kg)

Bahodir Jalolov (+92 kg)

Sabina Boboqulova (-50 kg)

Nigina O‘ktamova (-54 kg)

Sitora Turdibekova (-57 kg)

Navbahor Hamidova (-66 kg)

Dzyudo:

Doston Ro‘ziyev (-60 kg)

Sardor Nurillayev (-66 kg)

Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg)

Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg)

Davlat Bobonov (-90 kg)

Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg)

Alisher Yusupov (+100 kg)

Halimajon Qurbonova (-48 kg)

Diyora Keldiyorova (-52 kg)

Shukurjon Aminova (-57 kg)

Gulnoza Matniyazova (-70 kg)

Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg)

Yengil atletika:

Shohrux Davlatov (marafon)

Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash)

Yekaterina Voronina (ko‘pkurash)

Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash)

Sharifa Davronova (uch xatlab sakrash)

Og‘ir atletika:

Akbar Jo‘rayev (-102 kg)

Rigina Adashboyeva (-81 kg)

Tursunoy Jabborova (+81 kg)

Taekvondo:

Ulug‘bek Rashitov (-68 kg)

Svetlana Osipova (+67 kg)

Jasurbek Jaysunov (-80 kg)

Ozoda Sobirjonova (-67 kg)

Nikita Rafalovich (+80 kg)

Erkin kurash:

Javrail Shapiyev (-86 kg)

G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg)

Razambek Jamalov (-74 kg)

Ayollar kurashi:

Aktenge Keunimjayeva (-50 kg)

Yunon-rum kurashi:

Islomjon Bahromov (-60 kg)

Aram Vardanyan (-77 kg)

Rustam Assakalov (-97 kg)

Velosport:

Shosse:

Olga Zabelinskaya (vaqt, guruh)

Yanina Kuskova (guruh)

Dmitriy Bocharov (guruh)

Badiiy gimnastika:

Taxmina Ikromova (yakkalik yo‘nalishda)

Jamoaviy

Zamonaviy beshkurash:

Alise Faxrutdinova

Kamondan otish:

Ziyodaxon Abdusattorova

Amirxon Sodiqov

Mikst

Suvga sakrash:

Igor Myalin (10 metr)

Qilichbozlik:

Zaynab Dayibekova (sablya)

Eshkak eshish:

Yekaterina Shubina (baydarkada eshkak eshish, 500 metr)

Nilufar Zokirova (kanoeda eshkak eshish, 200 metr)

Shahriyor Mahkamov (baydarkada eshkak eshish, 1000 metr)

Qo‘shimcha kvotalar:

K1 500 metr: Nilufar Zokirova

S1 200 metr: Yekaterina Shubina

S2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina

K2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina

S1 1000 metr: Shaxriyor Mahkamov

Akademik eshkak eshish:

Anna Prakaten (yakkalik)

Shahzod Nurmatov/Sobir Safaraliyev (juftlik)

Sport gimnastikasi:

Rasuljon Abdurahimov

Habibullo Ergashev (ikkita dasturda)

Abdulla Azimov (ikkita dasturda)

Futbol:

O‘zbekiston olimpiya jamoasi

Suzish:

Ilya Sibirsev (erkin suzish, 800 metr va yana bir qo‘shimcha dastur)

Anastasiya Zelinskaya (erkin suzish, 400 metr).

U.Ibodov

Ko‘proq yangiliklar: