Katta ma’lumotlar tahlili bo‘yicha ilg‘or metodlardan foydalangan holda, VEON AdTech mutaxassislari trafik va o‘tayotgan yo‘lovchilar demografiyasi haqida katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘pladi va ularni tahlil qildi. Olingan natijalar esa maqsadli auditoriyaga mos reklama taqdim etishga imkon berib, agentlik mijozlariga qo‘shimcha xizmat sifatida taqdim etiladi. Reklama konstruksiyalarini tanlash qandaydir taxminlarga emas, balki aniq faktlarga asoslanadi.
Tahlilning asosiy ko‘rsatkichlari turli vaqtlarda o‘tgan piyodalar va avtomobillar harakatining soni va zichligi, auditoriyaning demografik tarkibi (yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy holati), shuningdek, xatti-harakatlari va harakatlanish yo‘nalishlari bo‘ldi. Bundan tashqari, biznesning turli yo‘nalishlaridagi iste’molchilarning qiziqishlari bo‘yicha tahlil ham o‘tkazildi. Misol tariqasida ko‘chmas mulkka qiziquvchilar va quruvchilar uchun ipoteka, banklar uchun depozitlar va kreditlar hamda onlayn xaridlarni keltirish mumkin.
VEON AdTech va GROUP7 MEDIA tomonidan o‘tkazilgan geoanalitika agentlik va uning mijozlari uchun bir qator asosiy afzallik va ustunliklarni aniqladi. Masalan, Rafiqov va Yangi shahar (5-shahar shifoxonasi yonida joylashgan ekran) ko‘chalari kesishmasida, o‘tuvchilarning 13,8 foizi onlayn xaridlarga qiziqadi. Ularning 38,28 foizi ayollar bo‘lsa, 61,72 foizi erkaklardir. Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, LED-ekrandagi reklamalar marketpleyslar va onlayn-do‘konlar uchun jozibador bo‘lishi mumkin.
Bunday tahlil reklama joylashtirish nuqtasini optimallashtirish, auditoriyani tushunish va mijozlar bilan muloqotni yaxshilashga yordam beradi. Geoanalitika ochib beradigan unikal insaytlar tashqi reklama samaradorligini oshiradi va boshqa reklama beruvchilarga nisbatan ustunlikni ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, reklamaning har bir shaxsga moslashtirilishi va interaktivligi taklif rostdan ham qiziq bo‘lgan nuqtalarda iste’molchilarning e’tiborini jalb qilishda real samarali vositaga aylanmoqda. Bu shuningdek, oson savdo korreliyatsiyasini o‘tkazishga va reklama budjeti xarajatlarini kamaytirishga imkon berib, reklama budjetining shaffofligini oshiradi. Kelajakda esa ushbu yondashuv marketing va reklama sohasida rivojlanish hamda innovatsiyalarga turtki bergan holda sohadagi standartga aylanishi mumkin.
VEON AdTech xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni ushbu sayt orqali olishingiz mumkin:
Kompaniya haqida
VEON AdTech — digital va performancemarketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, o‘zining dasturiy platformalarini rivojlantirib boruvchi VEON kompaniyalar tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi.
Kompaniya o‘z ish faoliyatida Big Data, sun’iy intellekt va machine-learning texnologiyalaridan foydalanadi. VEON AdTech yuqori aniqlikdagi targeting xizmatlari, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va do‘konlardagi mijozlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish xizmatlarini taklif qiladi. Raqamli marketing xizmatlari har qanday masshtabdagi bizneslarga, shuningdek, davlat sektoriga ham mo‘ljallangan.
Facebook: fb.com/VEONAdTech.Solutions
Telegram: t.me/VeonAdTech
Twitter: twitter.com/VEON_AdTech
LinkedIn: linkedin.com/company/veon-adtech
Reklama