Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
Ikki nafar o‘g‘il bola va bir qizdan iborat firibgarlar guruhi 26 yoshli o‘zbekistonlikni tunamoqchi bo‘lganda u o‘zini himoya qilgan.

Foto: O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi
Avvalroq Polsha poytaxti Varshavada o‘zbekistonlik yigit ikki o‘smirni pichoqlab, ularga jarohat yetkazgani haqida xabar berilgandi. O‘shanda yigit o‘zini himoya qilish uchun shu ishga qo‘l urgani oydinlashdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, elchixona bu ishga oydinlik kiritish va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxsga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Varshava huquq-targ‘ibot idoralari bilan muloqot olib borgan.
Shunda 1998 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ovqat yetkazib berish xizmatida ishlab kelgan M.K. ekani va yigit internet orqali bir qiz bilan tanishib, firibgarlarning tuzog‘iga tushgani aniqlangan.
Voqea Varshava shahridagi Brodnensk bog‘ida bo‘lgan. Qiz yigitni tunash maqsadida o‘zining hamyurtlari oldiga olib kelgan. O‘zbekiston fuqarosi ikki o‘smir kaltaklay boshlagach o‘zini himoya qilgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, M.K. hozirda jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma bermoqda va bugun, 24 iyul kuni tergovdan so‘ng qo‘yib yuboriladi. Holat diplomatik vakolatxona nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:16
-
Mirzabek Xolmedov Satira teatriga direktor etib tayinlandi
O‘zbekiston | 11:10
-
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi
Sport | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

08:14
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

15:39 / 02.07.2025