Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
U 3 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari bo‘yicha tahsil olgani to‘g‘risida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
-
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi
Jahon | 15:10
-
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

07:05 / 07.07.2025
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

12:43 / 26.06.2025
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

12:52 / 05.06.2025
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

08:58 / 12.12.2024