O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi
52 yoshli Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Nodir G‘aniyev
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya poytaxtiga bordi.
Diplomat 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.
Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili bo‘lib ishlagan. 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023 yil oktyabr oyidan Shvetsiyada birinchi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
Avvalroq O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonga elchi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

22:49
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

08:12 / 06.07.2025
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi

21:57 / 04.07.2025
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

22:35 / 03.07.2025