Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Iqtisodiyot 08:04 / 23.07.2024 9957

International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan va arizalar joriy yil 15 iyulga qadar qabul qilingan. Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.

Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.

Natijada, 2024 yil 15 iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Arab davlatlari, Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 6 nafar xalqaro investor tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushgan. 

Barcha arizalar, ushbu bosqichda belgilangan mezonlarga, xususan:

  • davlat ulushini sotib olish uchun to‘lovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • 660-II sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga rioya etilishi;
  • talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a’zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek, yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagani kerak.

O‘rganish natijasida barcha arizalar yuqoridagi mezon talablariga muvofiqligi aniqlandi. Shunga ko‘ra barcha 6 nafar talabgorlar, “Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO)”ni tayyorlash uchun ushbu bosqichini bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tegishli jarayon xati orqali individual ravishda yuborildi.

Sotuvga qo‘yilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: