Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondan «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha delegatsiya kelyapti. Ular javobsiz savollarga oydinlik kiritadimi?
Hindiston elchisining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Arif Said Kun.uz bilan suhbatda iyul oyi oxirida Dehlidan katta delegatsiya kelib, «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berilishiga va’da bergandi. Ammo 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirda faqat biznes uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ochiq matbuot anjumani va jurnalistlar savollariga javob berish masalasi kun tartibida yo‘q.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda ko‘plab bolalarning o‘limiga sabab bo‘lgan «Dok-1 Maks» preparati ishlab chiqaruvchisiga Hindistonda ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir qancha shaxslar tergovga tortilgan. Ammo u yerda olib borilayotgan tergov yoki sud jarayoni haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Kun.uz mazkur jinoyat ishi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish maqsadida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib, elchining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Arif Said bilan suhbatlashgandi.
Arif Said iyul oyi oxirida keladigan delegatsiya har bir jihatga alohida to‘xtalib, to‘liq ma’lumot berishini ta’kidlab o‘tgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston farmatsevtika mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash kengashi (Pharmexcil) 21-31 iyul kunlari Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonga delegatsiya jo‘natgan. Xususan, ushbu delegatsiya 29-30 iyul kunlari Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida biznes uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Hindiston elchixonasi va’da bergan ochiq matbuot anjumani va jurnalistlar savollariga javob berish masalasi kun tartibida yo‘q. Shu paytga qadar Hindistonda olib borilayotgan sud jarayoni haqida ham sukut saqlanib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025