«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Qayd qilinishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
«Afrosiyob» elektropoyezdlari ertalabki qatnovi vaqtini 1 soat oldinga surish taklif qilinmoqda.
Jumladan:
- Toshkent – Qarshi yo‘nalishida poyezdning amaldagi jo‘nash vaqti soat 7:24, taklif qilinayotgan vaqt – 6:24;
- Toshkent – Samarqand, amaldagi jo‘nash vaqti 7:47, taklif qilinayotgan vaqt – 6:47;
- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:23, taklif qilinayotgan vaqt – 7:23;
- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:50, taklif qilinayotgan vaqt – 7:50.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qatnov jadvali o‘zgartirilishi munosabati bilan yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rov tashkil qilgan.