Ilon Mask egalik qiladigan Tesla kompaniyasi 2025 yildan boshlab odamsimon robotlardan foydalanadi va ularni 2026 yilgacha ommaviy ishlab chiqarishga kirishadi. Bu haqda milliarderning o‘zi ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida xabar berdi.
«Kelgusi yilda Tesla chindan ham foydali odamsimon robotlarga ega bo‘ladi», deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab bunday robotlar kam bo‘ladi, chunki ular Tesla tomonidan ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ular 2026 yilgacha boshqa kompaniyalar foydalanishi uchun ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Aprel oyida Reuters agentligi Ilon Maskning Tesla kompaniyasi o‘zini o‘zi boshqaradigan robotaksini ishlab chiqishni rejalashtirayotganini bilib olgan edi. Avvalroq agentlik manbalari kompaniya yangi ommaviy ishlab chiqarilgan elektromobil — Redwood ixcham krossoverini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Biroq, keyin Tesla robotaksi foydasiga bu rejalaridan voz kechdi.