Londonda O‘zbekiston kompaniyalarining Britaniya bozoriga kirishi masalasi muhokama qilindi

Iqtisodiyot 15:26 / 22.07.2024 2117

"Dunyo" xabariga ko‘ra, Parker Russell - dunyo bo‘ylab sertifikatlangan buxgalteriya, xalqaro audit, soliq va huquqiy sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi yirik konsalting kompaniya hisoblanadi. Ushbu tashkilot korxonalar va jismoniy shaxslarga audit va buxgalteriya, soliq, moliyaviy, konsalting hamda yuridik xizmatlarni taqdim etadi. Hozirgi kunda dunyoning 75 mamlakatida kompaniyaning doimiy ofislari mavjud. O‘zbekistonda Parker Russell tashkilotining faoliyati 2003 yilda ta’sis etilgan.

Muloqot davomida Jyeyson Parker tomonidan mazkur tashkilot va uning faoliyati bilan batafsil tanishtirilib, hozirda kompaniyaning O‘zbekiston yirik biznes sub’yektlari hamda tadbirkorlariga Britaniya bozorlariga kirishda, qolaversa respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish amaliyotlariga o‘zining ko‘magini ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.

Shuningdek, suhbat davomida Jyeyson Parker tashkilotining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: