Chorvoqda baxtsiz hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 12:17 / 22.07.2024 29926

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborining Burchmulla suv havzasida baxtsiz hodisa bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: