Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi

O‘zbekiston 12:41 / 20.07.2024 1630

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi;
  • turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
  • markaz ("Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining ko‘chmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ijara shartnomasini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi;
  • vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
Ko‘proq yangiliklar: